Reklamadan kelgan odam tushunadi va ariza qoldiradi. Matnni avval sotuvga qarab yozamiz, keyin dizayn qilamiz.
Ko'pincha muammo reklamada emas, odam kirgan joyda bo'ladi. U kiradi, tushunmaydi va chiqib ketadi. Sayt sizning 24/7 ishlaydigan sotuvchingiz bo'lishi kerak.
Birinchi ekranda nima sotilayotgani va nima qilish kerakligi ko'rinmaydi.
Odamlar reklamadan telefonda kiradi, sayt esa kompyuter uchun chizilgan.
Forma bor, lekin arizalar CRM'ga ham, Telegramga ham tushmaydi.
Har bir ish ortida bitta vazifa turadi: odamni ro'yxatdan o'tkazish, konsultatsiyaga yozdirish yoki sotish.

SMM kursiga ro'yxatdan o'tish. 4 ta sahifadan biri.

Bepul konsultatsiyaga yozilish sahifasi.

3 oylik kursga ro'yxatdan o'tish. Vebinar sahifasiga kirganlarning qariyb 80% i ro'yxatdan o'tgan.

3 kunlik bepul marafonga joy band qilish.

30 kunlik reality'ga qatnashish sahifasi.

Koreys tili vebinariga ro'yxatdan o'tish.
Bitta taklif uchun bitta sahifa: xizmat, aksiya yoki konsultatsiyaga yozilish. Reklamadan kelgan odam bir ekranda tushunadi va ariza qoldiradi.
Tanlash →Kurs starti, marafon va vebinar uchun. Sana tepada, taklif tugma ustida, taymer va ro'yxatdan o'tish bir bosishda.
Tanlash →Kompaniya uchun bir necha sahifali sayt: xizmatlar, ishlar, narxlar va aloqa. Biznesingizni internetda taqdim etadi.
Tanlash →Brifdan ishga tushirishgacha 2 kundan 15 kungacha. Muddat sahifalar soniga bog'liq va ish boshlanishidan oldin kelishiladi.
Biznesingiz, mijozingiz va reklamangizni o'rganamiz.
Har bir ekranda nima turishi va qaysi so'z bilan sotishini yozamiz.
Figma'da kompyuter va telefon versiyasi alohida. Siz tasdiqlaysiz.
Tilda, forma, CRM, Telegram bildirishnoma va piksel.
Sotuvchi saytni sotuvchi matn va to'g'ri tuzilma yasaydi. Chiroyli rasm buning o'rnini bosmaydi.
Reklamadan kelganlarning ko'pchiligi telefonda kiradi. Mobil versiya alohida chiziladi.
Biz yasagan saytda har bir ariza Tilda CRM'ga va sizning Telegramingizga darhol tushadi.
Meta va boshqa reklama piksellari o'rnatiladi. Reklamachingiz qaysi e'lon ariza olib kelganini ko'radi.

Soul Agency asoschisiman. Biznes, onlayn kurs va tadbirlar uchun sotuvchi saytlar qilaman: o'quv markazlari, ekspertlar, marafon va vebinarlar.
Har bir loyihani matndan boshlayman: odam saytga kirganda nimani ko'rishi va qaysi so'zdan keyin ariza qoldirishini avval qog'ozda yozaman. Dizayn shundan keyin chiziladi.
Men faqat sayt kerakligini aytdim, xolos. Lekin kutganimdan 5–6 barobar yaxshi qilib berishdi.
Boshqa mijozlarimiz fikri, keyslar va har bir loyihada nima qilingani Telegram kanalda.
Kanalda ko'rish →2 kundan 15 kungacha. Bitta landing tezroq, ko'p sahifali sayt ko'proq vaqt oladi. Aniq muddatni suhbatda kelishib olamiz.
Narx sahifalar soni va vazifaga bog'liq. 15 daqiqalik bepul suhbatdan keyin aniq narxni aytamiz.
Tilda'da CRM bepul, Telegram bot ulanadi va analitika bor. Saytni keyin o'zingiz ham dasturchisiz tahrir qila olasiz.
Biz yozamiz. Brifdan keyin avval matn prototipi tayyorlanadi, dizayn faqat shundan keyin boshlanadi.
Mobil versiya alohida chiziladi va alohida tasdiqlanadi. Birinchi ekranda sana, taklif va tugma ko'rinadi.
Saytni sizga topshiramiz va test ariza yuborib, u CRM'ga va Telegramingizga tushishini birga tekshiramiz. Keyin savol bo'lsa, Telegramda yordam beramiz.
Biznesingizni ko'rib, sizga qanday sayt kerakligini va narxini 15 daqiqada aytamiz. Sayti bor bo'lsangiz, undagi asosiy xatolarni ko'rsatamiz. Bu bepul.
Arizangiz qabul qilindi. Tez orada siz bilan bog'lanamiz. Kutmasdan yozmoqchi bo'lsangiz, Telegram ochiq.
Telegramga yozish →